Ufq — akademik klub bo’lib, turli yo’nalishlarda bilimlar ulashish va o’xshash qiziqishli yoshlar yig’ilib bir-birlari bilan yaqindan tanishish, muzokaralar o’tkazish va loyihalar boshlashda fikr almashishi uchun tashkil etilgan.

Yo’nalishlar:

🎨 Dizayn

💻Dasturlash

📖Self-study

🇺🇸Ingliz tili

<aside> 🎨

Dizayn

Dizayn asoslarini o’ziga yetarli darajada bilib qo’yish faqat foydaga ishlaydi. Chuqurlashmagan va murakkablashtirmagan holda poster, logo yoki boshqa ko’p uchrovchi dizayn turlarini yasashni o’rganish orqali o’z blog yoki kanallarini yanada chiroyliroq va e’tiborni tortuvchi qilishlari mumkin.

Undan tashqari hozirgi kunning dizayn vositalaridan foydalangan holda poster, logolarni, balki dasturlashni bilmagan holda qiyin bo’lmagan veb-saytlarni ham yasashlari mumkin.

Aynan shu yo’nalishimizda avvalroq sanab o’tgan dizayn turlarini qilishni o’rganamiz

</aside>


<aside> 💻

Dasturlash

Zamonaviy kasblarga qiziqish yildan yilga ortib bormoqda. Shu jumladan dasturlash yo’nalishi ham. Sir emaski, dasturlash, algoritmlar va dasturlash tillari haqida o’rganish nafaqat texnik bilimlar hisoblanadi balki tanqidiy fikrlash ko’nikmasini kuchaytiradi. Bundan tashqari muhandislik sohasiga qiziqqan ammo qaysi yo’nalishini tanlashga qiynalayotgan yoshlar dasturlash bilan ilk qadamlarini tashlab ko’rishlari va muhandislik haqidagi tushunchalarini ma’lum miqdorga bo’lsada mustahkamlab olishlari mumkin.

Ushbu yo’nalishimizda kompyuter savodxonligidan boshlab, dasturlash asoslarigacha o’rganib chiqamiz

</aside>


<aside> 📖

Mustaqil o’rganish (self-study)

Qo’lingizda turgan telefon yoki foydalanayotgan noutbuk/kompyuteringiz orqali siz butun dunyo top universitetlarining darsliklari, top professorlar-u Bobil kutubxonasi bilimlaridan foydalana olishingiz mumkin. Ingliz tilini bilmaslikni bahona qilsangiz ham o’zbek tilidagi bir necha manbalarni topish yoki til o’rganishni bepul boshlashingiz mumkin. Aynan shu manbalarni va ulardan foydalanishda qo’llash mumkin bo’lgan dars qilish texnikalarini o’rganib gaplashib o’tamiz

</aside>


<aside> 🇺🇸

Ingliz tili

Ma’lumki, ingliz tili — dunyo tili sifatida tan olingan va bu tilni bilish orqali ko’plab bilimlarni ishonchli va nufuzli manbalardan bepulga o’rganish mumkin. Hamda sayohat qilishda, kasbiy o’sishda va eng katta foydasi dunyo bo’ylab yangi DO’STLAR orttirish mumkin. Bu til yurtimizda ham keng tarqalgan va ko’plab yoshlarimiz o’rganishmoqda. Aynan o’rganayotgan, endi boshlagan, ehtimol til sertifikati bor bo’lgan o’quvchilarni yig’gan holda ingliz tilida suhbatlar ,o’yinlar va debatlar tashkillashtirish maqsadida shu yo’nalishda tadbirlar tashkillashtiramiz

</aside>